24 nafar o‘quvchining zaharlanishiga tug‘ilgan kun torti sabab bo‘lgan

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon viloyati Andijon tumanida 27 kishi ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik. Ulardan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi – tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan, 1 nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga bergani natijasida zaharlanish qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha barcha ma’lumotlarni ochiqladi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oktyabr kuni soat 16:00larda Andijon tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabi 3-A sinf o‘quvchisi Mubina O.ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan sinfda o‘tkazilgan tadbir vaqtida onasi tomonidan uy sharoitida tayyorlangan tortni sinfdagi 24 nafar o‘quvchilar iste’mol qilishgan. 

Natijada sinfdagi Mubina O.ni onasi, sinf rahbari va 24 nafar o‘quvchilar zaharlanib, bugun, 9 oktyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilishgan. 

3 nafar o‘quvchilarning holati o‘rta og‘ir holatda bo‘lganligi sababli yuqumli kasalliklar bo‘limida tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. 

Mubina O.ni onasi, sinf rahbari va 21 nafar o‘quvchilar yuqumli kasalliklar bo‘limida sog‘lig‘i nazoratdan o‘tkazilib, uylariga ruxsat berilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman prokuraturasi tomonidan tegovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Tort

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing