+223. Koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar ochiqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 17 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 385 (+223) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    116 nafari Toshkent shahrida;
•    53 nafari Namangan viloyatida;
•    14 nafari Andijon viloyatida;
•    11 nafari Samarqand viloyatida;
•    9 nafari Sirdaryo viloyatida;
•    7 nafari Qashqadaryo viloyatida;
•    6 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    4 nafari Toshkent viloyatida;
•    3 nafari Xorazm viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 64 yoshli K.E. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 56 yoshli G.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 45 474 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 500 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

384

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing