22 yildan beri bedarak yo‘qolgan sirdaryolik erkak topildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan erkak Rossiyada yashab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi. 

Qayd etilishcha, Sirdaryo viloyati  Oqoltin tumanida yashovchi ayol sudga ariza bilan murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i bedarak yo‘qolgani haqidagi avvalgi sud qarorini bekor qilishni so‘ragan. U o‘z arizasida va suddagi tushuntirishida bolalarining otasi bilan qonuniy nikohdan o‘tganini, 2000 yilda esa turmush o‘rtog‘i uydan chiqib ketgach, qaytib kelmaganini ma’lum qilgan. 

Oradan 10 yil o‘tib, 2010 yilda erkak qidiruvga berilgan, biroq u topilmagan. Shu bois 2014 yildi sudning qaroriga ko‘ra, u bedarak yo‘qolgan deb topilgan. Endilikda esa uning Rossiyada yashayotgani ma’lum bo‘lgan. Bedarak yo‘qolgan erkakning o‘g‘li internet orqali otasi bilan aloqani tiklay olganini aytgan. Shuning uchun ayol eri haqidagi avvalgi sud qarori bekor qilinishini so‘ragan. 

Ta’kidlanishicha, ayolning 22 yil oldin uyidan chiqib ketgan erining bedarak yo‘qolgani haqidagi sud qarorini o‘zgartirishdan maqsadi uning nomidagi uy-joyni farzandlariga o‘tkazish bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo yo'qolgan erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing