22 qavatli bino qulab, o‘nlab odamlar o‘lgani munosabati bilan motam e’lon qilindi

Olam

image

Avvalroq, Nigeriyaning yirik shaharlaridan biri Lagosda “lyuks” kvartiralar joylashishi kerak bo‘lgan 22 qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergandik.  

Bugun, 5 noyabr kuni Lagos shtatida bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar uchun uch kunlik motam boshlandi. Bu haqda Nigeriyaning “Punch” gazetasi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, bugun ertalab vayronalar ostidan 38 kishining jasadi topilgan, ular orasida qulagan bino qurilishi bilan shug‘ullangan kompaniya egasi ham bor. To‘qqiz kishi tirik topilgan, ular hozir shifoxonada. Qulash joyida qidiruv ishlari davom etmoqda. 

Lagos shtati gubernatori Babajide Sanvo-Olu uch kunlik motam e’lon qilish haqidagi buyruqni chiqargan. Shu bilan birga, u tomonidan tuzilgan komissiya bunday ofatga olib kelgan holatlarga oydinlik kiritish uchun ish boshlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, nufuzli Ikoyi tumanida qurilayotgan, “lyuks” kvartiralar joylashishi kerak bo‘lgan hashamatli turar-joy binosi joriy yilning 1 noyabr kuni tushdan keyin qulab tushgan. Binoni kelgusi yilda foydalanish uchun topshirish rejalashtirilgan edi.  

So‘nggi yillarda Lagosda bir nechta shunga o‘xshash qulash hodisalari bo‘lgan. 2019 yilda maktab binosi qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan. 2014 yilda taniqli yevangelist tomonidan o‘tkazilgan marosim paytida olti qavatli bino qulab tushgan va 116 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nigeriya bino Lagos

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing