2028 yilgi yozgi Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari sanalari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

2028 yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining o‘tkazilish sanalari rasman e’lon qilindi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

Qayd etilishicha, LA-28 yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2028 yilning 15-27 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiya o‘yinlari esa 14-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Ta’kidlash joiz, Los-Anjeles bundan avval 2 marta Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan (1932, 1984), biroq Paralimpiya o‘yinlari ushbu shaharda birinchi marta o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, oxirgi Olimpiada bahslari 2021 yilda Tokioda o‘tkazilgandi. Navbatdagi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil Fransiya poytaxti Parijda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya paralimpiya o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing