2026 yildagi qishki Olimpiya o‘yinlari mezbonligi italyan shaharlariga berildi

Sport

image

Kecha, Shveysariyaning Lozanna shahrida 2026 yildagi qishki Olimpiya va Paraolimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladigan shaharlar tanlandi. Uni o‘tkazishga Milan (Kortina d'Ampetsso bilan birgalikda) va Stokgolm shaharlari da’vogarlik qilgandi. Olimpiada 2026 poytaxtini belgilash masalasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 134-sessiyasining asosiy masalasi bo‘ldi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Olimpiada-2026 mezbonligi Italiyaga berildi. Nufuzli musobaqa Milan va Kortina d'Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.

Ovoz berish natijalarini XOQ rahbari Tomas Bax e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Italiya shaharlari 47 ovoz olgan, Stokgolm esa 34 ovoz olgan.

Картинки по запросу олимпийские игры 2026

Stokgolmning tanlanmaganiga logistika bilan bog‘liq kamchiliklar sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, so‘rov natijalariga ko‘ra, Shvetsiya aholsining Olimpiya o‘yiniga nisbatan iliq munosabatda emasligi o‘rganilgan. Italiya aholisi esa, aksincha, nufuzli musobaqaning o‘tkazilishidan mamnun bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yildagi Olimpiya o‘yinlariga Xitoy poytaxti Pekin shahri mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya o'yinlari Milan

Baholaganlar

2

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing