Gaz muammosi qachon hal bo‘ladi? Vazir o‘rinbosari javob berdi
Jamiyat
−
25 noyabr 2020
14387O‘zbekistonda 2025 yilgacha bozor tamoyillariga asoslangan energetika bozori tashkil qilish rejalashtirilgan. Bu haqda bugun, 25 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida energetika tarmog‘i rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatov aytib o‘tdi.
“O‘zbekistonda 2025 yilgacha bozor tamoyillariga asoslangan energetika bozori yaratiladi. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, 2025 yilga kelib asosiy muammolar hal bo‘ladi deb hisoblaymiz”, dedi Behzod Normatov.
Eshmurodov Turkiya energetika sohasini isloh qilish uchun 15 yil vaqt sarflaganini urg‘uladi. U O‘zbekiston ham bugun o‘sha islohotlarni olib borayotganini qo‘shimcha qildi.
“Vazirimizga maslahatchi bo‘lib kelgan odam Turkiyada shu islohotlar ustida ishlagan. Uni o‘zimizning sohaga jalb qildik. Ular qilgan xato va kamchiliklarni, vaqt cho‘zilishiga olib kelgan holatlarning oldini olish uchun jalb qildik. Biz o‘zimizga 5 yil deb marra qo‘ydik. Shu 5 yilda bajaramiz”, dedi Normatov.
Energetika sohasi mas’uli gaz yetkazib berganlik uchun tariflar oshirilmayotganini alohida ta’kidlab, bunday sharoitda tizimni modernizatsiya qilish qaysi manbalar hisobiga bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
“Aholi o‘syapti, iqtisodiyot o‘syapti, uylar qurilyapti... Lekin tizim talabga javob berishi uchun “O‘zbekneftegaz” tomonidan geologik qidiruvlar, qazib chiqarishni oshirishga ko‘plab investitsiyalar olib kelinyapti. “O‘ztransgaz” ham xalqaro moliya institutlaridan imtiyozli kreditlar olish hisobiga mavjud gaz yetkazib berish tizimini modernizatsiya qilishga sarflanyapti.
Qancha gaz qazib olsak ham yetkazib bera olmasak foydasi yo‘q. 1 mlrd dollardan oshiq loyihalar amalga oshirilyapti”, deya so‘zini yakunladi vazir o‘rinbosari.
LiveBarchasi