2025 yilda Toshkentga mingta avtobus olib kelinadi
Jamiyat
−
14 yanvar
2169Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 2025 yilda Toshkent shahri uchun qo‘shimcha 1000 ta avtobus xarid qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov 11 yanvar kuni “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“1 fevralga qadar Toshkent shahrida jamoat transportini yanada rivojlantirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi, alohida dastur qabul qilinishi rejalashtirilgan,” deydi Mahkamov.
Shuningdek, poytaxt bekatlarida bir martalik chiptalar sotib olish uchun qo‘shimcha 675 ta infokiosk o‘rnatiladi. Shu o‘rinda Transport vaziri poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini transport (ATTO) va bank kartalari, shuningdek, banklarning mobil ilovalari yoki to‘lov xizmatlari orqali to‘lash mumkinligini eslatdi.
Vazirlik tomonidan tayyorlangan taqdimotga ko‘ra, infokiosklarning umumiy soni 5100 tani tashkil etib, ulardan atigi 769 tasi avtobus bekatlariga o‘rnatilgan. Ta’kidlanishicha, 1-10 yanvar kunlari avtobuslarda kunlik yo‘lovchilar oqimi 43,5 foizga – 871 ming nafardan 1,19 million kishiga, daromadlar esa 36 foiz – 8,5 milliard so‘mdan 11,5 milliard so‘mgacha oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 2025 yil 1 yanvardan boshlab, avtobuslar naqd pul qabul qilish amaliyotini to‘xtatgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar