2025 yilda qariyb 422 nafar shaxs oqlandi (video)

Jamiyat

image

2025 yilda sudlar tomonidan qariyb 422 nafar shaxs oqlangan. Bu haqda kecha, 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Alisher Usmonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, birgina 2025 yilda 422 nafar shaxs oqlangan bo‘lib, ular foydasiga Davlat byudjetidan qo‘shimcha 24 mlrd so‘mdan ortiq moddiy va ma’naviy zararlar undirish belgilangan.

Qolaversa, 15 992 nafar shaxsga nisbatan asossiz qo‘yilgan qo‘shimcha ayblovlar olib tashlangan yoki o‘zgartirilgan.

Shuningdek, 8 085 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan, 35 572 nafar shaxs esa jazoni o‘tashdan muddatdan ilgari shartli ozod qilingan.

2025 yilda 135 130 nafar shaxs o‘zaro yarashgani uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinib, sudlanganlik tamg‘asidan xalos bo‘lgan.

O‘tgan yilda jami sudlangan 63 340 nafar shaxslarning 30 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 70 foiziga boshqa muqobil jazo choralari tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 19 yil oldin nohaq qamalgan bojxona xodimi oqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov O'zbekiston Jinoyat ishlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing