Kurs UZS

USD

12 935.68

-7.71

EUR

14 164.57

56.27

RUB

158.80

5.1

2024 yilda dunyoda rekord darajada qurol sotildi

Olam

image

2024 yilda dunyo bo‘ylab qurol-yarog‘ savdosi hajmi Sovuq urush tugaganidan keyin rekord darajaga yetdi va 111,6 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Jahon qurol savdosi tahlili markazi (SAMTO) hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilda jahon qurol-yarog‘ va harbiy texnika eksporti hajmi 82,942 milliard dollarni, 2022 yilda 106,185 milliard dollarni, 2023 yilda 96,889 milliard dollarni tashkil etgan. 2024 yilda bu ko‘rsatgich 111,6 milliard dollarga yetdi.

Markaz ekspertlarining fikricha, jahon qurol eksporti/importining keskin o‘sishi bir qancha omillar, jumladan, Ukraina atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, G‘arb davlatlari Kiyevni zamonaviy va qimmatroq turdagi qurollarni keng miqyosda sotib olishga chaqirgan. Hisobotda, shuningdek, 2022 yilda oddiy qurollarning jahon eksporti/importi hajmi 2021 yilga nisbatan 28 foizga oshgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilda dunyoning eng yirik 100 ta qurol ishlab chiqaruvchisi 632 milliard dollar ishlab topgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sovuq urush qurol-yarog' Jahon qurol savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing