2024 yil Ukrainadagi urushning qiymati 100 mlrd dollardan oshdi – Zelenskiy

Olam

image

2024 yildagi harbiy mojaro Ukrainaga 100 milliard dollardan ortiq zarar yetkazdi. Uning 60 foizini AQSH va Yevropa Ittifoqi qopladi. Bu haqda bugun, 16 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz AQSH va Yevropa o‘rtasidagi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy ittifoqni yo‘qotolmaymiz. Lekin Ukraina qanday hissa qo‘shayotganini ham unutmasligimiz kerak. 2024 yilgi urush Ukrainaga Mudofaa kuchlarini ta’minlash uchun 100 milliard dollardan ortiqqa tushdi. Shundan 40 milliard dollari Ukrainaning hissasi, 35 milliard dollari AQSHniki, 25 milliard dollari esa Yevropanikidir”, dedi u.

Shuningdek, Zelenskiy Buyuk Britaniya har yili Ukrainaga 3,6 milliard dollarlik harbiy yordam ajratishini ma’lum qildi.

“Biz kamida 3,6 milliard dollarlik yillik harbiy yordam haqida kelishib oldik. Bu yordam qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etadi”, dedi u.

Bundan tashqari? Zelenskiy muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘larni hisobga olgan holda Ukraina 2025 yilda Londondan umumiy qiymati 6,6 milliard dollarlik yordam olishni kutayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kir Starmer Ukrainaga tashrif buyurgani va Zelenskiy bilan 100 yillik hamkorlik shartnomasini imzolashi xabar qilingan edi. Hamkorlik mudofaa va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni hamda Buyuk Britaniya va Ukraina o‘rtasida yangi ommaviy aloqalarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Kelishuv dengiz xavfsizligi bo‘yicha harbiy hamkorlikni kuchaytiradi va uchuvchisiz samolyotlar texnologiyasi kabi sohalarda mutaxassislarni birlashtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing