2023 yili AQSHda iqtisodiy turg‘unlik bo‘lish xavfi bor – AQSH Moliya vaziri
Olam
−
12 dekabr 2022
4589Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vaziri Janet Yellen 2023 yilda AQSH iqtisodiyoti uchun retsessiya xavfi borligini aytdi. Biroq u buning sodir bo‘lishi 100 foiz muqarrar emasligini ta’kidlagan. U bu haqda SBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Retsessiya xavfi bor. Biroq juda oz miqdorda. Mening fikrimcha, bu inflyatsiyani pasaytirish uchun zaruriy shart emas”, deydi Yellen.
AQSH moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, retsessiya xavfi har doim mavjud.
“Har doim turg‘unlik xavfi mavjud. Iqtisodiyot ma’lum bir shoklarga duchor bo‘lib qolmoqda. Lekin bizda juda sog‘lom bank tizimi bor. Amerikada biznes va maishiy sektor juda sog‘lom”, deydi u.
Vazirning xulosa qilishicha, 2023 yilda qandaydir kutilmagan zarbalar bo‘lmasa, AQSHdagi inflyatsiya ancha past bo‘ladi.
LiveBarchasi