AQSH Rossiya uchun qurol sotib olayotganlarni jazolamoqchi
Olam
−
14 noyabr 2022
8770Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya Federatsiyasi uchun harbiy texnologiyalar sotib olish bilan shug‘ullanuvi 14 nafar jismoniy va 28 ta yuridik shaxsdan iborat transmilliy tarmoqqa nisbatan sanksiyalar qo‘llamoqchi. Bu haqda AQSH Moliya vaziri Jenet Yellen ma’lum qilgan.
Yellen cheklovlarga duchor bo‘ladigan shaxslar va kompaniyalar qaysi mamlakatlarda joylashganini aniqlashdan bosh tortgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, xususan, moliyaviy vositachilarga ta’sir ko‘rsatadigan sanksiyalar bugun, 14 noyabr kuni e’lon qilinadi.
“Bu Rossiya Federatsiyasining harbiy sa’y-harakatlariga putur yetkazish va uni sanksiyalar va eksport nazorati choralari orqali zarur jihozlardan mahrum etishga qaratilgan keng ko‘lamli harakatlarimizning bir qismidir”, degan AQSH Moliya vaziri.
Shimoliy Koreya va Eron Islom Respublikasi Rossiyaga qurol berishda ayblanadi. Eron Rossiyaga qurol sotayotgani haqidagi xabarlarni rad etib kelardi. Biroq, shu yilning 5 noyabr kuni mamlakat Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn Rossiyaga dronlar Ukrainaga urush qilinishidan oldin yetkazib berilgani tan oldi. Shimoliy Koreya esa ruslarga qurol berayotgani haqidagi iddaolarni uydirma deb atadi va AQSHni mamlakatning obro‘siga putur yetkazishda aybladi.
LiveBarchasi