2023 yildan bojxonachilar daromadi va mol-mulki deklaratsiyalanadi

Jamiyat

image

2023 yil 1 yanvardan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Husan Tangriyev brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etiladi.

2022 yil 1 dekabrdan bojxona ko‘rigi jarayonlari qamrab olingan mobil elektron tizim ishga tushiriladi. 

2022 yil 1 iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yiladi.

2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens nazorat tizimi to‘laqonli ishga tushiriladi.

2022 yil 1 oktyabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona deklaratsiya

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing