2023 yilda “Vikipediya”da eng ko‘p qidirilgan ma’lumotni bilasizmi?

Bu qiziq

image

"Vikipediya" joriy yilda ma’lumotlar bazasidan ko‘p murojaat qilingan maqolalar ro‘yxati va ularning necha marta qidirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Har yili dunyo bo‘ylab millionlab odamlar ma’lumot qidirib, "Vikipediya"ga murojaat qiladi va yil yakunida ushbu sayt eng ko‘p qidirilgan mavzular ro‘yxatini  e’lon qiladi.

2023 yilda eng ommabop mavzu ChatGPT deb topildi va u 50 millionga yaqin qiziquvchilarni o‘ziga "torta olgan".

Bir yil muqaddam ishga tushirilganiga qaramay, OpenAI (Amerika kompaniyasi) mahsuloti bo‘lgan sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT jamoatchilik o‘rtasida ommalashdi.

Shuningdek, chatbot  generativ AI'ning potensial xavflari va uning madaniy dunyoga tahdidi haqidagi qizg‘in bahslarga ham sababchi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, "ChatGPT” - bu “Vikipediya” ma’lumotlari bo‘yicha o‘qitiladigan generativ sun’iy intellekt vositalaridan biri bo‘lib, odamlarning savollariga javob berish uchun "Vikipediya" loyihalaridan katta hajmdagi kontentni o‘z ichiga oladi. 

Undan tashqari 2023-yilda "Vikipediya"dagi ikkinchi eng ko‘p o‘qilgan maqola yillik o‘limlar ro‘yxati bo‘lib, bu yil vafot etgan taniqli shaxslarning vafoti, jumladan, Metyu Perri va Liza Mari Presli sahifalari odamlarda katta qiziqish uyg‘otgan.

"Wikimedia Foundation"ga ko‘ra, ushbu ro‘yxat 28 noyabr holatidagi ma’lumotlardan foydalangan holda tuzilgan. Butun yil uchun raqamlar notijorat tashkilot tomonidan 2024 yil 3 yanvarda yana bir bor yangilanadi.

Ushbu sayt 2001 yil yanvar oyida ishga tushirilgan bo‘lib, sayt o‘zini “vikipediyachilar sifatida tanilgan ko‘ngillilar jamoasi tomonidan yozilgan va yuritiladigan bepul kontentli onlayn ensiklopediya”, deb ta’riflaydi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vikipediya ChatGPT OpenAI Euronews Wikimedia Foundation

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made