2023 yilda O‘zbekistonda 130 ming kishi vafot etdi
Jamiyat
−
06 noyabr 2023
10163O‘zbekistonda so‘nggi 2 yilda o‘lim ko‘rsatkichi kamayib, aholining o‘sish sur’ati tezlashdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, joriy yil Respublikada yanvar–sentyabr oylarida umumiy hisobda 129 ming 700 kishi vafot etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 500 kishiga kam. Shuningdek, 2021 yilda vafot etganlar soni 2 yilda 2 ming 400 kishiga kamaygan.
So‘nggi 9 oyda vafot etganlar 71,4 ming nafar erkak, 58,3 ming ayol kishidir. Eng ko‘p o‘limlar avgust oyida kuzatilgan. Ushbu oyda mamlakatda 10 ming 308 ta odam qayd etilgan. Geografik jihatdan esa, ushbu ko‘rsatkichlarning katta qismi shahar aholisi hisobiga to‘g‘ri keladi. Bunda:
• Shahar aholisi - 69,6 ming kishi;
• Qishloq aholisi - 60,1 ming kishi.
O‘lim sabablarining qariyb 60 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, o‘simtalar sabab 10,7 foiz, nafas olish a’zolari kasalliklari tufayli 6,6 foiz, baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan 4,7 foiz, ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan 3,6 foiz, yuqumli va parazit kasalliklardan 1,4 foiz va 14,1 foiz odam boshqa turdagi kasalliklar sabab vafot etadi.
Vafot etganlar orasida mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 12,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar 23,9 foizni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 64 foizni tashkil etgan. O‘limlarning o‘sish sur’ati eng yuqori darajasi Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston aholisi har kuni 2 ming 100 kishiga ortayotgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi