2023 yil dunyoda qancha milliarder vafot etgani ochiqlandi

Bu qiziq

image

O‘tgan yil davomida dunyo miqyosida 21 milliarder vafot etdi. Bu haqda “Forbes” jurnali ma’lum qildi.

2023 yili nashrning dunyo milliarderlari reytingidan o‘rin olgan 2640 milliarderdan 21 nafari vafot etgan. Ularning to‘qqiz nafari AQSH fuqarolari bo‘lsa, uch nafari Hindiston va ikki nafari malayziyalik.

Qayd etilishicha, ajali "eshik qoqqanlar"ning qatorida faqat bir ayol – Xitoyning WuXi AppTec farmatsevtika kompaniyasi asoschisi Chjao Ning bor. Badavlat xonim oxirgi 20 yil davomida saraton bilan kurashib, 56 yoshida "taslim bo‘lgan".

Shuningdek, 2023 yilda misrlik mashhur milliarder, malika Diananing mahbubi Dodi Al-Fayedning otasi Muhammad Al-Fayed ham 94 yoshida vafot etdi. Milliarder Parijdagi Ritz mehmonxonasining egasi, avvalroq esa Londondagi Harrodz univermagi va "Fulxem" futbol klubining egasi bo‘lgan.

Marhum milliarderlar orasida yana bir amerikalik musiqachi va biznesmen Jimmi Baffet, Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni, Intel kompaniyasi asoschisi Gordon Mur, Hindistondagi eng yirik bo‘yoq kompaniyasining mustaqil direktori Ashvin Dani (ro‘yxatdagi eng boy shaxs – uning boyligi 8 milliard dollarga yetgan) va boshqalar bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilda vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

milliarder dunyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing