2023 yil aprelda korxonalar uchun gaz va “svet” narxi yana oshiriladi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda gaz va “svet” narxi qanchaga oshirilishi muhokamaga qo‘yildi north_east

O‘zbekistonda gaz va “svet” narxi qanchaga oshirilishi muhokamaga qo‘yildi

2023 yil 1 apreldan O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz uchun narxlarni oshirish rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasida so‘z boradi.

Qarorda korxonalarni uzoq muddatli rejalashtirishga moslashtirish, operatsion samaradorlikni va energotejamkorlikni oshirish hamda tannarxni pasaytirish uchun “perspektiv mo‘ljal”ni ko‘rsatish maqsadida joriy yil uchun yangi narxlar bilan birga 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan yangi narxlarni ham tasdiqlash taklif etilmoqda.

Bunda, 2023 yil 1 apreldan quyidagi narxlar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda:

a) Elektr energiyasi bo‘yicha:

•    Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun 800 so‘m miqdoridagi narxni saqlab qolish;

•    qolgan yuridik shaxslar uchun – 700 so‘m.

b) Tabiiy gaz bo‘yicha:

•    issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 200 so‘m;

•    Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 350 so‘m;

•    avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 400 so‘m;

•    qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 350 so‘m etib belgilash.

Qarorda qayd etilishicha, 2023 yil 1 apreldan o‘rnatiladigan yoqilg‘i-engergetika resurslarining narxlari 2024 va 2025 yillarda faqatgina inflyatsiya darajasiga indeksatsiya qilib boriladi, 2026 yildan boshlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz elektr energiyasi

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing