2023 yil Andijonda 40 ming kishi ish bilan ta’minlanadi

Jamiyat

image

2023 yil Andijon viloyatida 800 million dollarlik 235 ta investitsiya loyihasi yakunlanib, 40 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va aholi bandligini ta’minlash choralariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida viloyatlarga zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, 31 yanvar kuni imzolangan Prezident qaroriga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlarga Andijon viloyatiga 1,1 trillion so‘m ajratiladi. 

So‘nggi ikki yilda aholiga dehqonchilik uchun 8 ming gektar hosildor ekin yerlari berilgan, 2023 yilda yana 10 ming gektar yer tarqatiladi. Mahallalarda sanoatni rivojlantirish uchun 36 ta mikromarkaz tashkil etiladi. 

“Bu yil viloyatda 800 million dollarlik 235 ta investitsiya loyihasi yakunlanib, 40 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Aholiga ajratiladigan 10 ming gektarda 75 mingta doimiy va 200 mingta mavsumiy ish joyi ochiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ishsiz odamlarni kasb-hunarga o‘qitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham vazifalar belgilab berildi hamda tuman va shahar hokimlari aholi bandligini oshirish rejalari yuzasidan axborot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Mirziyoev Ishsizlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing