2022 yilda O‘zbekiston davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda

Jamiyat

image
Bunga hech kim kafolat bermaydi – mas’ul qarz mablag‘ini “rastrata”dan himoyalash haqida north_east

Bunga hech kim kafolat bermaydi – mas’ul qarz mablag‘ini “rastrata”dan himoyalash haqida

2022 yil yakuniga O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd AQSH dollarga yetib, YAIMga nisbatan 45,2 foizga teng bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi e’lon qilgan “Fuqarolar uchun budjet 2022” loyihasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, umumiy davlat qarzi, miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda.

Davlat tashqi qarzi 2022 yil yakunlari bo‘yicha 30,4 mlrd AQSH dollarini (YAIMga nisbatan 41 foiz) tashkil etishi prognoz qilinmoqda, shundan 23,5 mlrd AQSH dollari – O‘zbekiston Respublikasi nomidan va 6,9 mlrd AQSH dollari – O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb qilingan.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yangidan imzolanayotgan shartnomalar hajmi 4,5 mlrd AQSH dollari hisobida prognoz qilinmoqda.

2022 yilda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar 14 270,0 mlrd so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

davlat qarzi

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing