2022 yilda O‘zbekiston 4 mlrd dollarlik oltin sotgani ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

2022 yilda O‘zbekiston 4,25 mlrd dollarlik oltin eksportini amalga oshirdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yilda O‘zbekistonning eksporti tarkibida oltinning ulushi 21,3 foiz bo‘lib, sanoat tovarlaridan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Oltin eksporti 2019 yilda 4,9 mlrd dollar, 2020 yilda 5,8 mlrd dollar, 2021 yilda 4,1 mlrd dollar bo‘lgan edi. 

Qo‘mita hisobotida keltirilishicha, o‘tgan yilning martidan noyabr oyiga qadar bir qancha sabablar tufayli O‘zbekiston umuman oltin eksport qilmagan. Shunga qaramay, mamlakat o‘tgan yili 5 oy mobaynida 2021 yilga nisbatan ko‘proq oltin sotishga erishgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2022 yilning noyabr oyida 2 tonna oltin sotgani ma’lum qilingan edi. O‘zbekiston regulyatorining oltin zaxiralari hajmi deyarli 2 tonnaga kamayib, 2022 yil dekabr oyi boshida 397 tonnani tashkil qilgan edi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

eksport oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing