2022 yilda Luvrda O‘zbekiston ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yilda Fransiya poytaxti Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyida “Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vazirligi huzuridagi tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik bo‘yicha vakil-vaziri Frank Riyester boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Avvalgi, shu jumladan, ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari rahbarlarining joriy yil 3 may kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Fransiya tomoni 2022 yil kuzida Parijdagi Luvr muzeyida. «Markaziy Osiyo ulug‘vorligi. O‘zbekiston karvon yo‘llarida» nomli ko‘rgazmani tashkillashtirishda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi. Mazkur tadbir ikki mamlakat madaniy hayotidagi yorqin voqeaga aylanishi qayd etildi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston va Fransiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Frantsiya Luvr muzeyi

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing