2022 yilda qancha o‘zbekistonlik tirikchilik dardida xorijga ketgani aytildi
Jamiyat
−
11 iyul 2023 10280 1 daqiqa
2022 yilda 60 mingga yaqin o‘zbekistonlik boshqa davlatlarga qonuniy ishlash uchun ketgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kanaliga joylangan lavhada aytildi.
Ma’lum qilinishicha, 2000 yilda O‘zbekistonga migrantlar hisobidan 790 million dollarlik pul o‘tkazmalari kelib tushgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yilda 8 milliard dollarga yetgan.
2022 yilda O‘zbekistondan jami 60 ming nafarga yaqin fuqaro chet davlatlarga qonuniy ishga jo‘natilgan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yilda dunyo bo‘yicha migrantlar soni 96 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib bu raqam 164 million kishiga yetgan. Shundan 46 foizi ayol migrantlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning aprel oyida Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov mamlakatda yetti yil ichida O‘zbekistondan borgan mehnat migrantlari soni 4 baravar oshganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq berilgan tahlillarda keltirilishicha, 2022 yilda Rossiyada mehnat muhojirlari soni qariyb 30 foizga oshib, 3,47 millionga yetgandi. Ularning 90 foizdan ortig‘i esa O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Live
Barchasi