2022 yilda qancha inson YTH sababli vafot etgani ochiqlandi

3-sahifa

image

2022 yilda O‘zbekistonda 2356 nafar inson yo‘l-transport hodisasi tufayli vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili 9902 ta YTH sodir bo‘lgan. Avtohalokatlar oqibatida 2356 nafar inson vafot etgan bo‘lsa, 9606 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari yengil mashinalar ishtirokida bo‘lgan. Shuningdek, ularning 4449 tasi piyodalar ishtirokida, 3093 tasi esa transportlar to‘qnashuvlari oqibatida yuz bergan.

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan (1577). Eng kam YTH svetofor yoki yo‘l belgisi o‘rnatilmagani sababli kelib chiqqan (214).

Statistikaga ko‘ra, 9902 ta YTHlarning 345 tasi ayollar, 9557 tasi erkaklar tomonidan sodir etilgan.

Bundan tashqari, respublikadagi eng ko‘p YTHlar soat 15:00 dan 18:00 ga qadar sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing