2022 yilda bolalarni bog‘chaga jalb qilish 100 foizga yetkaziladi...mi?
Jamiyat
−
04 may 2019
7791Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibrohimov maktabgacha ta’lim sohasi xususida gapirib o‘tdi.
Xususan, sohani rivojlantirishga xususiy sektor vakillarining faol jalb etish natijasida 2018 yil viloyatda nodavlat va davlat xususiy sherikchilik asosida 235 ta maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etildi va buning natijasida bolalarning qamrov darajasini 2017 yildagi 28 foizdan 40 foizgacha ko‘payishiga erishildi.
Biroq, bugungi kunda yana 131 mingga yaqin 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish eng muhim masalalardan biridir. 2019 yilda 183 ta MTM tashkil etiladi qamrov darajasi 50 foizdan oshirilishiga erishiladi.
Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 noyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqilgan.
Mazkur dasturning ijrosi ta’minlanishi hisobiga 2022 yilga borib jami 218 mingdan ziyod bolalar bog‘chalarga to‘liq jalb etilib, ularning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
LiveBarchasi