2022 yil dunyoning tabiiy ofatlari insoniyatga qanchaga tushdi?

Olam

image

2022 yilda toshqinlar, bo‘ronlar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa tabiiy ofatlar butun dunyo bo‘ylab 270 milliard dollar zarar keltirgan. Bu haqda “dpa” agentligi Germaniyaning sug‘urta kompaniyasi tadqiqotiga tayangan holda xabar berdi.

Sug‘urta kompaniyasining tahliliga ko‘ra, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 320 milliard dollarni tashkil qilgan.

2022 yilning eng qimmat – 100 milliard dollarg zarar keltirgan falokati sentyabr oxirida AQSHning Sharqiy qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan “Ian” to‘foni bo‘lgan.

Shuningdek, o‘tgan yili qayd etilgan jami 270 milliard dollarlik zararning 120 milliard dollariga yaqini sug‘urta kompaniyalari tomonidan qoplangan. 

QALAMPIR.UZ’da taqdim etilgan 2022 yilning eng so‘nggi tabiiy ofatlariga doir xabarlarni eslatib o‘tamiz:

Dekabr oyida Yaponiyada qor yog‘ishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan va yaralanganlarning ko‘pchiligi uylarini qordan tozalash paytida yiqilgan, ba’zilarining ustiga esa tomlaridan qalin qor qatlamlari tushgan.

25 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarini qamrab olgan qor bo‘roni 35 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Qurbonlarning 12 nafari Nyu-York shtatida bo‘lgan. Noqulay ob-havo tufayli 5000 dan ortiq reyslar bekor qilingan edi.

Noyabrda Indoneziyada sodir bo‘lgan 5,1 magnitudali zilzila 300 ziyod kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida mingdan ortiq mahalliy aholi jarohatlangan.

Filippindagi “Nalgae” to‘foni oqibatida qariyb 100 nafar kishi vafot etdi. Umumiy hisobda to‘fon oqibatlari 1,8 mln kishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing