Filippinda to‘fon qurbonlari 100 ga yaqinlashdi

Olam

image

Filippindagi “Nalgaye” to‘foni qurbonlari soni 98 kishiga yetdi. Yana 69 nafar fuqaro jarohatlangan, 63 nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Filippinning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi (NDRRMC) hisobotida aytiladi.

Umumiy hisobda to‘fon oqibatlari 1,8 mln kishiga ta’sir ko‘rsatgan. 4,1 mingdan ortiq uyga zarar yetgan, ulardan 689 tasi butkul vayron bo‘lgan. Shuningdek, 37 ta infratuzilma ob’ektiga talafot yetgan, 195 ta yo‘l va 72 ta ko‘prik zarar ko‘rgan. 169 ta hududda elektr ta’minoti uzilib, 94 ta hududda qayta tiklangan.

27 oktyabr kuni Filippinda kuchli yomg‘ir boshlangandi, shamolning tezligi soatiga 95 km ga yetdi. Dastlabki ikki kun ichida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 425 ta aholi punktidagi ta’lim muassasalarida darslar to‘xtatildi.

Avvalroq “Nalgaye” tropik bo‘roni mamlakat janubiy provinsiyalarida 72 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ahamiyatlisi, to‘fonga tayyorgarlik ko‘rilib, odamlar evakuatsiya qilinganida ham qurbonlar soni ortib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

to'fon Filippin

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing