Filippindagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Filippin janubidagi maktabda otishma yuz berdi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jarohat oldi. Hujumda gumon qilinayotgan shaxs ham halok bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, fojia Janubiy Kotabato provinsiyasining Banga shahridagi Banga milliy o‘rta maktabida sodir bo‘lgan.

“Mamlakat Ijtimoiy farovonlik va rivojlanish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, kamida olti kishi qurbon bo‘lgan, yana 17 kishi jarohat olgan. O‘q uzgan shaxs ushbu maktabning o‘quvchisi bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Uning ham halok bo‘lgani qayd etilgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hodisadan so‘ng Banga shahridagi barcha bosqichdagi mashg‘ulotlar vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda ofatlar xavfini kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni boshqarish munitsipal boshqarmasi ma’lum qilgan.

Ta’lim vazirligi yuz bergan hodisadan xavotirda ekanini va maktab ma’muriyati, mahalliy hokimiyat organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan.

“Bizning ustuvor vazifamiz – o‘quvchilarimiz, o‘qituvchilarimiz va maktab xodimlarining xavfsizligi va farovonligidir”, deyiladi idora bayonotida.

Jabrlanganlarga va fojia ta’sir qilgan boshqa shaxslarga psixologik yordam, shuningdek ruhiy salomatlik va psixo-ijtimoiy tiklanish sohasida yordam ko‘rsatish va’da qilinmoqda.

“Ta’lim vazirligi, shuningdek, rasmiylar hodisa tafsilotlarini aniqlaguniga qadar tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi. Juma kungi otishmaning ehtimoliy motivi hozircha oshkor qilinmayapti”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailanddagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing