O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
13:30 1627 1 daqiqa
Bugun, 15 sentyabr kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Filippinga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston tarkibida Muhammadali O‘rinboyev 30-daqiqada hisobni ochdi. Saidumarxon Saidnurullayev 60 va 70-daqiqalarda ikki marta gol urdi. Ro‘ziboy Fayzullayev 72-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Filippin terma jamoasi safida Joshua Merino 63-daqiqada gol urgan bo‘lsa, O‘zbekistonning yana bir goliga Muhammadali Reimov 80-daqiqada mualliflik qildi.Shu tariqa, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilish mumkin.
Navbatdagi turda Ravshan Haydarov shogirdlari 18 sentyabr kuni Quvaytga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda esa 22 sentyabr kuni Vetnam terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining dastlabki turda Filippin terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Live
Barchasi