Yaponiyada qor yog‘ishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Yaponiyada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 93 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Associated Press” mamlakat yong‘in va tabiiy ofatlar agentligiga tayanib xabar berdi.

Halok bo‘lgan va yaralanganlarning ko‘pchiligi uylarini qordan tozalash paytida yiqilgan, ba’zilarining ustiga esa tomlaridan qalin qor qatlamlari tushgan.

“O‘tgan hafta Yaponiya shimolida kuchli qor yog‘ishi boshlandi. O‘nlab reyslar va poyezdlar bekor qilindi, yuzlab haydovchilar yo‘llarda qolib ketishdi”, deyiladi xabarda.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya shimoli-sharqining ko‘p hududlarida qishki o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch barobar ko‘p qor yog‘gan. 25 dekabr kuni qor yog‘ishi oqibatida Xokkaydoda elektr ustuni qulab tushgan va 20 mingga yaqin aholi uy elektr ta’minotisiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarida hozirda qor bo‘ronlari sodir bo‘lmoqda. Mamlakat bo‘ylab qor bo‘ronlari qurbonlari soni 46 kishiga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing