Indoneziyada zilzila qurbonlari 300 nafardan oshdi

Olam

−

image

Indoneziyada 5,1 magnitudali zilzila qurbonlari soni 310 kishiga yetdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Indoneziya rasmiylariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida yana 24 kishi bedarak yo‘qolgan, 1 mingdan ortiq mahalliy aholi jarohatlangan.

Agentlik shuningdek, tabiiy ofat oqibatlari tufayli 7 mingdan ortiq odam hanuzgacha o‘z uyiga qayta olmayotganini ma’lum qildi.

Zilzila epimarkazi mamlakat poytaxti Jakartadan 74 km janubi-sharqda joylashgan. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, silkinish o‘chog‘i 5 km chuqurlikda joylashgan.

Indoneziya Tinch okeani havzasidagi yoriqlar tufayli tez-tez zilzilalar, vulqon otilishi va sunamilarni boshdan kechiradi. 2004 yilgi kuchli zilzila va sunami deyarli 230 000 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing