2021 yilning ikki oyida benzin va metan narxi sezilarli oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yakuniga yetgan fevral oyida O‘zbekistonda metan 4,8 foizga, benzin esa 2,7 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tgan oy davomida transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 1,5 foiz, tashish xizmatlari (0,8 foiz), shuningdek avtomobilda yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxlarining oshishi kuzatildi.

Ushbu fonda propan narxlarining pasayishi (-7,9 foiz) qayd etildi. 2021- yilning yanvar-fevralida metan (5,0 foiz) va benzin (4,9 foiz), yillik nisbatda esa, xalqaro yo‘lovchi havo transporti xizmatlari va propan (1,3 barobar) narxlarining oshishi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Avvalroq, O‘zbekiston milliy valyutasida belgilangan ayrim aksiz solig‘i stavkalari joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab oshirilgan haqida xabar bergan edik.

Endilikda:

•    1 tonna Ai-80 benzini uchun amalda – 200 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 240 ming so‘m bo‘ldi;
•    1 tonna Ai-90 va undan yuqori benzini uchun amalda – 250 ming so‘m bo‘lgan soliq stavkasi 275 ming so‘m bo‘ldi.

Bu o‘z navbatida energetika mahsulotlari narxiga ham ta’sir qildi.


Maqola muallifi

Teglar

benzin metan

Baholaganlar

215

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing