Diqqat! 2021 yil sovuqroq kelishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Kelayotgan 2021 yilda dunyoda ob-havo oldingi yillarga qaraganda sovuqroq bo‘ladi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Milliy meteorologiya xizmati mutaxassislari taxminiga asoslanib xabar berilgan. 

Qayd etilishicha, havo sovuq bo‘lishi La-Ninya hodisasi bilan bog‘liq bo‘ladi. La-Ninya Tinch okeanidagi tropik mintaqaning sezilarli sovishi bilan izohlanadi va bu o‘z o‘rnida iqlimning sovishiga olib keladi. 

Ushbu hodisa dengiz sathidagi haroratni Selsiy bo‘yicha 1-2 darajaga tushirishi kutilmoqda.

Olimlarning fikriga ko‘ra, 2021 yilda yangi "qaynoq" rekordlar kuzatilmaydi. Ammo, shunga qaramay, 2021 yil eng iliq yillar oltiligiga kiradi. U La-Ninya hodisasi kuzatilgan avvalgi, 2000 va 2011 yillarga qaraganda iliqroq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

havo dunyo

Baholaganlar

1853

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing