2021 yilda qaysi soha vakillarining maoshi o‘sishi kutilmoqda?
Bu qiziq
−
06 yanvar 2021 21251 1 daqiqa
"Superjob" portali tahlilchilari 2021 yilda dunyo bo‘yicha qaysi kasb vakillarining maoshi o‘sishi kutilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, joriy yilda IT-mutaxassislari, farmatsevtlar va shifokorlarning maoshi o‘sishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, birinchi toifadagi ishchilarning ish haqi 10-11 foizga o‘sishi mumkin. Farmatsevtlar va shifokorlarning ish haqi mos ravishda 12-14 va 12-15 foizga ortishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassislar 2021 yilda xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, qurilish va kommunal sohalarda ish o‘rinlariga talab oshishi kutilayotganini aytgan.
Avvalroq, 2021 yilning eng foydali valyutasi qaysi bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025