2021 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Rossiyada ishlash uchun eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari borgan – 3 054 180 kishi. Bu haqda RT xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda - Tojikiston (1 597 481 kishi), Qirg‘iziston (623 465 kishi), Armaniston (298 801 kishi) va Ozarbayjon (185 752 kishi), shuningdek turizm maqsadida kelganlar orasida eng ko‘p Belarus yetakchi - 30 526 kishi. Germaniyadan ushbu maqsadda - 16 369 kishi, Ukrainadan - 15 293 kishi va BAAdan 12 414 kishi hamda Qozog‘istondan 11 192 kishi Rossiyaga kirib kelgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘qish maqsadida O‘zbekiston (59 233 kishi), Tojikiston (58 964 kishi), Qozog‘iston (55 036 kishi), Turkmaniston (34 955 kishi) va Misr (32 473 kishi) rezidentlari ko‘proq kirib kelgan.

Undan tashqari biznes maqsadlarda kelganlar orasida Xitoy fuqarolari 11 235 kishini, o‘zbekistonliklar 10 389 kishini, Germaniya fuqarolari 10 320 kishini, belaruslar 10 167 kishini va qozog‘istonliklar 9889 kishini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing