2021 yilda butun dunyoda koronavirusga qarshi immunitet shakllanishi mumkinmi?

Olam

image

Bir qator mamlakatlarda COVID-19 ga qarshi boshlangan emlash ishlari 2021 yilda insoniyat uchun ommaviy immunitet shakllantira olmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh tadqiqotchisi Sumiya Svaminatan ma’lum qilgan. 

“Allaqachon eng zaif odamlarni koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlangan bo‘lsa ham, biz 2021 yilda ommaviy immunitetni shakllantira olmaymiz”, degan u JSST brifingida. 

Svaminatanning aniqlik kiritishicha, oz sonli mamlakatlarda emlangan ayrim guruhlar butun insoniyatning koronavirusdan xavfsizligini ta’minlay olmaydi. 

Svaminatan Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan COVID-19 ga qarshi choralar va ijtimoiy choralar hali ham muhimligini qo‘shimcha qilgan.

Ayni paytga kelib, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 91 mln 319 ming 487 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 65 mln 291 ming 971 nafari sog‘aygan. 1 mln 952 ming 976 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus dunyo

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing