2021 yilda ham “byudjetnik”larning ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Jamiyat

image
2021 yilda Davlat byudjeti nimadan shakllantiriladi? north_east

2021 yilda Davlat byudjeti nimadan shakllantiriladi?

"2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonun loyihasiga ko‘ra, kelasi yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlari va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarning oshishi bilan bog‘liq xarajatlarga 8,4 trln so‘m ajratilmoqda. Loyiha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.

Oxirgi shakllangan qoidaga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdori har yarim yilda o‘tgan davrdagi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorlarda oshirilishi kerak.

Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida 2021 yilda inflyatsiya 9-10 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda esa maqsadli mo‘ljal 10-11 foiz bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd AQSH dollari bo‘lishi kutilyapti. O‘tgan yili bu limit 4 mlrd dollar bo‘lgan, keyinroq pandemiya sabab 5 mlrdgacha ko‘paytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Davlat byudjeti

Baholaganlar

4400

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing