2021 yilda Davlat byudjeti nimadan shakllantiriladi?

Jamiyat

image

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan.

Qonun loyihasida 2021 yil uchun respublika byudjeti daromadlari prognozi keltirilgan, mlrd so‘mda:

respublika byudjeti daromadlari - 120 160,4 

1. Bevosita soliqlar – 32 353,1

1.1. Foyda solig‘i – 26 047,2

1.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 6 305,9

2. Bilvosita soliqlar – 60 204,0

2.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 46 955,4

2.2. Aksiz solig‘i – 9 950,2

2.3. Bojxona boji – 3 298,4

3. Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i – 12 922,8

3.1. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 12 922,8

4. Boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar – 14 680,6.

Hujjatning loyihasida 2021 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari quyidagi miqdorlarda keltirilgan:

2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining yuqori chegarasini YAIMga nisbatan 5,4 foiz miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasida moliya yili yakuniy sanasi holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori bu yil YAIMga nisbatan 60%dan oshmasligi nazarda tutilgan.

2021 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd dollar, shundan, davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun – 2,2 mlrd dollar (shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari – 5 trln. so‘m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 3,3 mlrd dollar miqdorida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing