2020 yildan davlat xodimlari o‘rtasida “O‘zbek polvoni” musobaqasi o‘tkaziladi

Jamiyat

−

image

2021 yildan boshlab xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turining xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida keltirib o‘tilgan. 

Hujjatga muvofiq, har ikki yilda bir marta:

•  2020 yildan boshlab viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlarida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro kurash musobaqasi;

•  2021 yildan boshlab ravishda xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha xalqaro turnirlar;

•  2020 yildan boshlab har yilda bir marta davlat organlari xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasi o‘tkaziladi;

•  2020-2022 yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablari (keyingi o‘rinlarda – kurash mahorat maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etiladi;

•  kurash mahorat maktablarining rahbarlari, trenerlari va boshqa xodimlariga olimpiya zaxiralari kollejlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lanadi va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;

•  Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash institutini qayta tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing