Mukofot $14 ming: Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi

Bu qiziq

image

Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi Yaponiyada uxlash bo‘yicha tanlov tashkil etmoqda. Bu haqda “Tokyo Weekender” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbir joriy yilning 5 oktyabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar 90 daqiqa davomida Koala matrasida uxlashi kerak, tashkilotchilar esa maxsus uskunalar yordamida ularning uyqu sifatini baholaydi. Ular uyquning chuqurligi, uxlab qolish tezligi va holatning barqarorligini o‘lchaydi. Ushbu ma’lumotlar asosida g‘olib aniqlanadi.

Bahsning bosh mukofoti – 2,22 million iyena (joriy kurs bo‘yicha taxminan 14 300 – 14 400 AQSH dollari). Bu raqam tasodifan tanlanmagan: u ommaviy madaniyatda uyquni anglatuvchi “Zzz” ovozini eslatadi. Shuningdek, tanlovda qo‘shimcha nominatsiyalar ham ko‘zda tutilgan: eng chuqur uyqu uchun va dam olish paytidagi eng noodatiy yoki hatto “akrobatik” holat uchun.

Har bir “bosqich” oldidan ishtirokchilar chigal yozish mashqlarini bajaradi va dam olish sifatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan tasodifiy buyumlarni oladi. Bundan tashqari, musobaqa paytida kutilmagan “uyqu buzilishlari” tashkil etiladi. Biroq tashkilotchilar ularni sir saqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya shimolidagi Nergeshuyfalu shahridagi jamoat qabristonida qabr qazish bo‘yicha o‘ziga xos musobaqa o‘tkazilgan edi. Unda 38 nafar ishtirokchi – 19 ta ikki kishilik jamoa qatnashgan. Jamoalar qabristonlarni saqlash va dafn xizmatlari sohasida ishlovchi mutaxassislardan tashkil topgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing