2020 yilda O‘zbekistonga qancha turist kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
26 yanvar 2021 5256 1 daqiqa
2020 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,5 million kishini tashkil etdi. 2019 yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 77,7 foizga kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2020 yilda O‘zbekistonning 2 million fuqarosi sayyohlik maqsadida mamlakatni tark etdi, bu 2019 yilga nisbatan 76,3 foizga past.
O‘zbekistonga kelgan chet elliklarning eng katta oqimi quyidagi davlatlardan qayd etildi:
• Qirg‘iziston - 508 ming kishi (barcha kelganlarning umumiy sonidan 33,8 foiz),
• Qozog‘iston - 424,1 ming kishi (28,2 foiz),
• Tojikiston - 337,5 ming kishi (22,4 foiz),
• Rossiya - 81,6 ming kishi (5,4 foiz),
• Turkmaniston - 60,6 ming kishi (4 foiz),
• Ozarbayjon - 2,2 ming kishi (0,1% foiz) va
• Belarus - 1,6 ming kishi (0,1 foiz)
Live
Barchasi