2020 yilda so‘m dollarga nisbatan qanchalik qadrsizlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
14 yanvar 2021
86962020 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi yil boshiga nisbatan (9501 so‘m/doll.dan 10461 so‘m/doll.gacha) 10,1 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllangan.
2020 yilning birinchi yarmida pandemiya ta’sirida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi, asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalarining keskin devalvatsiyasi natijasida devalvatsion kutilmalarning o‘sishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi kabi omillar ta’sirida milliy valyuta 7,2 foizga qadrsizlangan.
Yilning ikkinchi yarmida so‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror dinamika kuzatilib, 2,7 foizga qadrsizlangan.
2020 yil davomida valyuta birjasi savdolarida AQSH dollari kursi dinamikasi
O‘z navbatida, joriy yilda milliy valyutaning almashuv kursi ichki valyuta bozorida vujudga keladigan talab va taklif asosida uzoq muddatli fundamental trend doirasida shakllanishi prognoz qilinmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr