2020 yilda koronavirusga qaramay rekord darajada don hosili olinishi kutilyapti
Olam
−
05 Sentabr 2020
7381BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) avgust oyi yakunlariga ko‘ra 2020 yilda dunyoda ishlab chiqarilishi kutilayotgan donning taxminiy miqdorini kamaytirdi.
Prognozlar iyulga nisbatan 25 foizga pasaytirilgan. Biroq xosil hajmi hamon ko‘pligicha qolmoqda va yil yakunida rekord o‘rnatilishi mumkin.
Yangi taxminlarga ko‘ra, 2 mlrd 765 mln tonna don yetishtiriladi. Bu o‘tgan yiligiga nisbatan 58 mln tonnaga ko‘p.
Taxminlarning pasaytirilishiga AQSHda don ekilgan maydonlar kutilganidan kam ekani sabab bo‘ldi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Ukrainada ham prognozlar pasaytirildi. Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘ldi.
Dunyoda bu yil 760,1 mln tonna bug‘doy yetishtirilishi kutilyapti.