2020 yilda Xitoyda tug‘ilish darajasi “quladi” 

Olam

image

2020 yilda Xitoyda tug‘ilish darajasi o‘tgan yillarga nisbatan 30 foizga kamaygan. Bu haqda XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berilgan.  

"2020 yilda jamoat xavfsizligi organlari tomonidan doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning soni 10 million 35 ming kishini tashkil qildi, shundan 5,29 millioni yoki 52,7 foizini o‘g‘il bolalar, 4,74 millioni yoki 47,3 foizini qizlar tashkil etadi", deyilgan vazirlik hisobotida. 

Milliy statistika byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 2019 yilda 14,65 million, 2018 yilda 15,23 million, 2017 yilda 17,23 million va 2016 yilda 17,86 million bola tug‘ilgan. 2020 yilda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar 30 foizga kam bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Xitoy 1979 yildan 2016 yilgacha "bir oila - bir farzand" siyosatini olib bordi. 

Uning salbiy oqibatlaridan biri mehnatga layoqatli aholining qisqarishi edi. Hozirda mamlakatdagi har qanday oila ikki nafargacha farzandli bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing