2020 yilda Xalq ta’limi tizimida byudjetdan 200 mlrd so‘m o‘g‘irlangan

Jamiyat

image

2020 yilda Xalq ta’limi tizimida 200 mlrd so‘m moliyaviy qonunbuzarlik aniqlangan. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda jami aniqlangan kamchiliklar 55 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil yakuni bilan jami aniqlangan kamchiliklar, moliyaviy qonunbuzarliklar — 200 mlrd so‘mdan oshdi.

“2020 yilning o‘zida 6 110 ta holatda 70 mlrd so‘mdan ziyod o‘g‘rilik aniqlandi. Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganidan so‘ng, 520 ta holat bo‘yicha 150 mlrd so‘mdan ziyod materiallarni huquq-tartibot organlariga ham taqdim etganmiz.

Tizimda kamchiliklar hali ham bor. Biz o‘g‘rilikni kamaytiramiz deganimiz — statistikani kamaytiramiz degani bilan bir xil emas. O‘g‘rilikni kamaytiramiz deb kirishdikmi, statistika o‘z-o‘zidan oshib boradi”, deydi Komilov.

Avvalroq, Moliya vazirligi tomonidan 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari natijasida XTV tizimida 96,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

XTV

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing