2019 yilning I choragida byudjetdan asossiz ishlatilgan pul miqdori aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning I choragida o‘tkazilgan  nazorat tadbirlari haqida ma’ulmot berdi.

Qayd etilishicha, I chorak davomida Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 1 993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi. Shuni ta’kidlash joizki, 2019 yilning 1-choragida nazorat tadbirlari samaradorligi 2018 yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2 martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd so‘m bo‘lgan).

Nazorat tadbirlarining asosiy qismi (68,1 foiz) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida aniqlangan 23,4 mlrd so‘m byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz xarajatlardan 19 mlrd so‘mi (81,2 foiz) ni (2018 yilda 67,4 foizni tashkil etgan) byudjetga tiklanishi ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Moliya vazirligi byudjet nazorat

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing