2019 yilda 370 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi – Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi. 

Qarorga muvofiq, 2019 yilda 370 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
 
Bundan tashqari mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda 182 mingdan ortiq aholining bandligi ta’minlanadi.

Davlat buyurtmasi doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun esa 46 mingdan ortiq ish o‘rinlari band qilib qo‘yiladi. 

Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 2019 yil yakuniga qadar respublika hududidagi mavjud ishsizlik darajasini o‘sishini oldini olish, ayrim hududlarda xususan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona viloyatlarida ishsizlik darajasini kamaytirishga erishish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratilishi belgilandi:

•    ish beruvchilarga – aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarni qayta tayyorlashga qilingan xarajatlarni qoplash uchun 6 oy davomida har oyda 810 ming so‘m miqdorida;
•    aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga – biznesni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 2 mln 27 ming so‘m miqdorida;
•    ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda 405 ming so‘m miqdorida;
•    yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – 608 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident qarori ish o'rni

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing