2018 yilda qurol savdosi 4,6 foizga ko‘payib, yarim trillion dollarga yaqinlashdi

Olam

image

2018 yilda dunyo bo‘ylab qurol savdosi 2017 yilga nisbaan 4,: ofizga ko‘payagan. Stokgolm tinchlik muammolarini o‘rganish xalqaro institutining (SIPRI – Stockholm International Peace Research Institute) 9 dekabr kuni e’lon qilingan hisobotida shunday ko‘rsatilgan.

Dunyoning yetakchi 100 ta qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ro‘yxatining dastlabki beshta o‘rni amerikaning Lockheed Martin, Boeing, Northrop Grumman, Raytheon va General Dynamics kabi kompaniyalariga nasib qilgan. Shu beshta kompaniya birgalikda 148 mlrd dollarlik qurol sotgan.

Umumiy hisobda SIPRI ro‘yxatiga kiritilgan amerika kompaniyalari 246 mlrd dollarlik qurol va harbiy maqsadlarda foydalaniluvchi tovarlar sotgan. Bu qurol ishlab chiqaruvchi 100 ta eng yirik kompaniya birgalikda sotgan qurollarning 59 foiziga teng. Amerika kompaniyalarining o‘tgan yildagi savdolari 2017 yildagidan 7,2 foizga ko‘p.

Qurol sotish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Rossiya qurol sanoati egalladi. SIPRI ro‘yxatiga kiritilgan 10 ta rossiya kompaniyasi umumiy hisobda 36,2 mlrd dollarlik qurolva harbiy anjomlar sotgan. Bu 2017 yildagi ko‘rsatkichdan 0,4 foizga kam.

Xitoy kompaniyalari ro‘yxatga kiritilmadi. Bunga “osmon osti” mamlakatining qurol savdosi bilan bog‘liq aniq ma’lumotlar yetarli emasligi sabab bo‘ldi.

Yevropaga kelsak, SIPRI ro‘yxatiga 27 ta yevropa qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalari kirdi. 2018 yilda ular 102 mlrd dollarlik qurol sotgan, bu 2017 yilga qaraganda 0,7 foizga kam.

Germaniyaning Rheinmetall AG, Krauss-Maffei Wegmann, Thyssenkrupp va Hensoldt konsernlari qurol ishlab chiqaruvchi Top-100 ta kompaniya qatoridan joy oldi.

Umuman olganda, yetakchi yuztalikka kirgan 80 ta kompaniya AQSH, Yevropa va Rossiyada joylashgan. Shuningdek, reytingga Yaponiyadan 6 ta, Isroil, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreyadan 3 tadan, Turkiyadan 2 ta va Avstraliya, Kanada hamda Singapurdan bittadan kompaniya kirgan.

SIPRI hisob-kitobiga ko‘ra, 100 ta yirik qurol ishlab chiqaruvchining yillik savdo hajmi 420 mlrd dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

qurol

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing