20 ta musulmon davlat Isroilning Eronga hujumini qoraladi

Olam

image
G7 Isroilni qo‘llab-quvvatladi, Eronni esa beqarorlik manbai deb atadi north_east

G7 Isroilni qo‘llab-quvvatladi, Eronni esa beqarorlik manbai deb atadi

Dunyoning 20 ta musulmon davlatining Isroilning Eronga hujumini qoralash to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot qabul qildi. Hujjat Misr Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Misr Tashqi ishlar vazirining o‘z hamkasblari bilan amalga oshirgan maslahatlashuvlari natijasida 20 ta musulmon davlati qo‘shma bayonot chiqarish orqali Isroilning Eron hududiga harbiy tajovuzini qoraladilar.

Misr, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bahrayn, Bruney, Turkiya, Chad, Gambiya, Jazoir, Komor orollari, Jibuti, Saudiya Arabistoni, Sudan, Somali, Iroq, Ummon, Qatar, Quvayt, Liviya va Mavritaniya Tashqi ishlar vazirlari ushbu bayonotda Isroilning 13 iyun tongidan boshlab Eronga qilgan tajovuzini qoralab, uni BMT nizomi va xalqaro huquqning ochiq-oydin buzilishi, deb ta’rifladi. 

Ular mamlakatlarning hududiy yaxlitligiga hurmat bilan yondashish va harbiy yechimlardan tiyilish zarurligini ta’kidladi, Isroilning mintaqaviy barqarorlikka tahdid sifatida keskinlikni kuchaytirishidan ogohlantirdi hamda Isroilning Eronga qarshi hujumlarini zudlik bilan to‘xtatish hamda o‘t ochishni to‘xtatish vaziyatni tinchitish jarayonini boshlashni talab qildi.

Shuningdek, 20 ta davlat mintaqani yadroviy qurollardan xoli etish zarurligini ta’kidlab, barcha davlatlarni Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (NPT)ga qo‘shilishga chaqirgan va Eronning yadroviy inshootlariga qilingan hujumni qoralab, uni 1949 yilgi Jeneva konvensiyasining ochiq-oydin buzilishi, deb baholagan.

“Davlatlar Eron bilan yadroviy muzokaralarga qaytishni barqaror kelishuvga erishishning yagona yo‘li sifatida ko‘rsatdi;
Xalqaro suvlarda kemalar erkin harakatlanishi hamda dengizda suzish xavfsizligini ta’minlash zarurligiga urg‘u berdilar.
Va nihoyat, diplomatiya va muloqotni inqirozlarga yagona yechim deb bilib, hozirgi inqiroz harbiy yo‘l bilan hal qilinmasligini urg‘uladilar”, deyiladi hujjatda.

Ushbu bayonot Misr tashabbusi bilan hamda faol diplomatik kontaktlar doirasida qabul qilingan bo‘lib, musulmon davlatlarining mintaqada urush kengayishidan chuqur xavotirda ekanini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron jahon hamjamiyatidan Isroilning hujumlarini qoralashni so‘ragan va BMT Nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga sodiq qolishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing