20 ga yaqin razvedka boshlig‘i Singapurda maxfiy uchrashuv o‘tkazdi – “Reuters”
Olam
−
04 iyun 2023
1262720 ga yaqin davlatning yuqori martabali razvedka boshliqlari shu hafta Singapurda maxfiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yig‘ilishda AQSH Milliy razvedkasi direktori Evril Xeyns va Hindiston razvedkasi tadqiqot va tahlil bo‘yicha direktori Samant Goel ishtirok etgan.
"Uchrashuv xalqaro kun tartibining muhim elementidir. Shuningdek, bunday tadbirlar tomonlarning niyatlari va intilayotgan natijasini chuqur anglashda xizmat qiladi”, deydi agentlik manbasi.
Manbalarga ko‘ra, uchrashuvlar Singapur hukumati tomonidan tashkil etilgan va ular bir necha yillardan beri “Shangri-La dialogi” konferensiyasiga parallel ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
AQSHning Singapurdagi elchixonasi uchrashuv tafsilotlari yo‘qligini ma’lum qilgan. Xitoy va Hindiston hukumatlari hozircha izoh bermagan.
LiveBarchasi